Imomali Rahmon Toshkentda. Uni Mirziyoyev qarshi oldi
Jamiyat
−
02 iyun 2022
10450Bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.
So‘ng Tojikiston Prezidenti “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Mehmonga majmuaning mazmun-mohiyati va me’moriy xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatga kelgan oliy darajadagi mehmonlar tomonidan ushbu monumentga gul qo‘yish marosimi an’anaga aylandi.
LiveBarchasi