Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshiladi. U qanday hayot yo‘lini bosib o‘tgan? north_east

Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshiladi. U qanday hayot yo‘lini bosib o‘tgan?

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlat rahbarini tavallud kuni bilan tabriklab, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Joriy yilning 10-11 iyun kunlari Tojikiston Respublikasiga rasmiy tashrif yakunlari bo‘yicha qabul qilingan bitim va kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi.

O‘tgan haftada Toshkentda o‘tgan Markaziy va Janubiy Osiyo bog‘liqligi bo‘yicha xalqaro konferensiyaning muvaffaqiyatli natijalari yuksak baholandi.

Kelgusi oyning boshida Turkmanistonda mintaqa davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini hamda joriy yilning sentyabr oyida Tojikistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshiladi. Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1981 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing