Imomali Rahmon Dushanbega jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
03 iyun 2022 6291 1 daqiqa
Bugun, 3 iyun kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

2 iyun kuni Toshkentda o‘tgan muzokaralarda ko‘plab kelishuvlarga erishildi, ikki tomonlama munosabatlarni ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi. Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti 3 iyun kuni Xorazmda davom etdi.

Oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. So‘ng davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyun kuni Imomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgan edi. Tashrif ikki kun davom etdi.
Live
Barchasi