Imomali Rahmon Dushanbeda yig‘ilgan Prezidentlarni Panjsherni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Olam

image

Tojikiston o‘z pozitsiyasida sobit qolgan holda Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzilishini talab qilmoqda. Odamlarning fikrini inobatga olmasdan, Qobulga har qanday siyosiy tizimni majburan o‘rnatish oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi sammitida aytib o‘tdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti yana bir bor xalqaro hamjamiyatni, xususan, BMT, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasini Afg‘onistonga va Panjsher viloyati aholisiga favqulodda yordam ko‘rsatishga chaqirgan.

Imomali Rahmonning ta’kidlashicha, xalqaro terrorizm, ekstremizm, separatizm, transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi va kiber jinoyatchilik SHHT hududidagi xavfsizlikka asosiy tahdid soluvchi omil bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan SHHT sammitida quyidagi siyosatchilar ishtirok etdi:

•  Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin (onlayn), Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin (onlayn), Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi (onlayn), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev;

•  SHHT kuzatuvchi davlatlari rahbarlari: Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux (onlayn);

•  uchrashuvda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov faxriy mehmon sifatida hamda SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov ham ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

430

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing