Imomali Rahmon Afg‘oniston chegarasiga keldi

Olam

51315263539_f4cc760d87_o

Bugun, 16 iyul kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Xatlon viloyatining Hamadoni va Panj tumanlarida bo‘lib, respublika chegara qo‘shinlarining harbiy tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Imomali Rahmon tekshiruvni Panj tumani chegara otryadi bazasidan boshlagan. Davlat rahbarining yig‘ilishiga harbiy qismlarning shaxsiy tarkibi hamda safarbar qilingan rezervlardan 2 mingdan ortiq askar saf tortgan.

Prezident Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirar ekan, Tojikistonning ushbu qo‘shni davlat bilan chegarasini himoya qilish “nafaqat bizning mamlakatimiz xavfsizligi, balki butun MDH, shuningdek, Yevropa Ittifoqi xavfsizligini ta’minlash uchun ham juda muhimdir”, deb ta’kidlagan.

Imomali Rahmonning nutqidan so‘ng, bo‘linmalar va zaxira kuchlarining harbiy paradi bo‘lib o‘tgan. Unda hududiy mudofaa kuch tuzilmalari, huquqni muhofaza qilish idoralari va safarbarlik zaxiralari harbiy xizmatchilari ishtirok etgan.

Qayd etish kerakki, tojik-afg‘oni chegarasm qariyb 1 400 kilometrni tashkil etadi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu chegeraning atigi 190 kilometri quruqlik qolgani esa daryolardan iborat. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

399

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing