Imomali Rahmonning singlisi koronavirusdan vafot etdi
Olam
−
21 iyul 2021
10545Kecha, 20 iyul kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning singlisi, 64 yoshli Qurbonbiy Rahmonova vafot etdi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Mahalliy OAVning mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib ma’lum qilishicha, Rahmonova koronavirus infeksiyasiga chalinib, Tojikiston poytaxti Dushanbedagi 5-sonli klinik shifoxonada davolanayotgan bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, bugun, 21 iyul kuni Rahmonova o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyi Tojikiston janubidagi Dang‘ara tumanida dafn etiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyul kuni Imomali Rahmonning qaynonasi O‘zbekbiy Asadulloyeva ham koronavirusdan vafot etgan edi.
LiveBarchasi