IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtirish kerak – Shermatov

Jamiyat

image

O‘zbekistonda IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirilishi mumkin. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov shunday taklif bilan chiqdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, Sherzod Shermatov “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishgan.

Dastlab vazir markaz faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, markaz mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, yaqin kelajakda ishga tushurilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha taqdimot namoyish etilgan.

Qayd etilishicha, yaqin kelajakda amalga oshirilayotgan loyihalar qatorida mobil telefon raqamlarini ko‘chirish tizimi loyihasi ham bor.

“IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun yanada osonlashtirish yo‘llarini topishimiz va unga ko‘ra, fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun barcha choralarni ko‘rish zarur”, degan AKT vaziri Sherzod Shermatov.

Taqdimotda soha rahbarlari o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, bu boradagi mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish va hal etish uchun zarurligini ham ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

IMEI kod

Baholaganlar

276

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar