Iltimos, Markaziy Osiyo davlatlariga sobiq SSSR sifatida qaramang – Rahmon Putinga “yorildi” (video)

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bugun, 14 oktyabr kuni Ostonada shaxsan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan sobiq Ittifoqdek siyosat olib bormaslikni iltimos qildi. bu haqda Bu haqda “Informburo” xabar bermoqda.

“Biz siz bilan birga Sovet Ittifoqi parchalanganiga guvoh bo‘ldik. Hozirgidek kichik respublikalarga, mayda xalqlarga e’tibor yo‘qligining guvohi bo‘ldik. An’ana va urf-odatlar e’tiborga olinmagan. Ularning rivojlanishi qo‘llab-quvvatlanmagan. Kecha siz ikki million (Rossiyadagi tojikistonlik migrantlar – tahr.) haqida gapirdingiz, shuni aytmoqchi edimki, ikki milliondan ortiq fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasiga nafaqat ishlash, balki o‘qish, davolanish uchun ham boradi”, deydi Imomali Rahmon “Markaziy Osiyo-Rossiya” sammitida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya oziq-ovqat sohasida hamkorlik qilyapti va savdoni rivojlantiryapti, lekin buning evaziga teng munosabat ko‘rsatmayapti.

“Nega, Tojikistondagi qandaydir baxtsiz forumda, men Tashqi ishlar vazirligiga ko‘rsatmalar berdim, hatto siz bilan gaplashdim, ular hech bo‘lmaganda vazirlar darajasida bo‘lsin deb yolvorishimiz kerak? Yo‘q, vazir o‘rinbosarlari qatnashadi. Tojikiston shunga loyiqmi, strategik hamkor. Biz shunday qilyapmizmi? Biz 100-200 million kishi emasmiz. Ammo bizni hurmat qilishlarini xohlaymiz. Biz qayerda xato qildik? Biror joyda loyiqicha salomalashmadik? Biz har doim asosiy strategik hamkorimiz (Rossiya Federatsiyasi – tahr.) manfaatlarini hurmat qilganmiz. Biz hurmatga sazovor bo‘lishni xohlaymiz. Biz qandaydir begonamizmi? Bizga ko‘p pul sarflashning hojati yo‘q. Vladimir Vladimirovich, men sizdan Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan sobiq Sovet Ittifoqi kabi siyosat yuritmasligingizni so‘rayman”, dedi Imomali Rahmon hissiyotlarga to‘lib.

Tojikiston Prezidenti har bir davlatning o‘ziga xos muammolari, masalalari, an’ana va urf-odatlari borligini qayd etdi. U Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning qo‘shniligiga e’tibor qaratib, “bundan hech qayerga uzoqlasha olmaysiz” deb ta’kidladi.

Sammit raisi sifatida Qosim-Jomart To‘qayev Rahmonga “betakror” nutqi uchun minnatdorlik bildirdi. U har bir uchrashuvda davlat rahbarlari Sovet Ittifoqini eslatishiga to‘xtaldi.

“Bu 30 yildan beri mavjud emas, uning qulashini hech birimiz uyushtirmadik. Ammo, boshqa tomondan, xolisona aytish kerakki, Sovet Ittifoqi avtonom respublikalar va milliy hududlarni rivojlantirishga munosib e’tibor bergan. Bu, ayniqsa, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida namoyon bo‘lgan Buni tan olish kerak”, dedi Qosim-Jomart To‘qayev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1529

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing