Ilon Maskning raketasi portlab ketdi (video)

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Amerikalik milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan Starship kosmik kemasini fazoga olib chiqish uchun ishlab chiqilgan tashuvchi raketasi sinovlar boshlanishi bilan uchirish maydonchasida yonib ketdi. Kuchli portlash va undan keyin sodir bo‘lgan yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videoni “NASASpaceFlight” sayti bosh muharriri Twitter'ga joylashtirgan. 

Qayd etilishicha, Super Heavy raketa prototipi sinovlari kecha, 11 iyul kuni Texasda bo‘lib o‘tgan. 

“Portlash motorni aylantirishni ishga tushirish sinovi paytida yuz berdi. Kelajakda biz bir vaqtning o‘zida 33 ta motordan foydalangan holda test sinovini o‘tkazmaymiz”, deb yozgan Mask Twitter'da.

Yong‘in portlashdan ko‘p o‘tmay o‘chirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Starship kosmik kemasi Marsga parvozlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 100 kishini sig‘dira oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

649

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing