Ilon Mask va Barak Obama Qatardagi JCHda mehmon bo‘ladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qatardagi jahon chempionati tashkilotchilari futbol turniri mehmoni sifatida Ilon Mask va Barak Obamani kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda Dohadagi mehmonxona xodimlariga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

“Biz Mask, Obama va boshqa faxriy mehmonlarni mehmonxonamizda kutmoqdamiz. Bunday darajadagi mehmonlar kelishiga tayyorgarlik jahon chempionati ochilishidan avval boshlangan edi. Ular uchun barcha stadionlarning VIP sektorlariga “Oltin” yo‘llanmalar va eng yaxshi mehmonxona nomerlari tayyorlab qo‘yilgan”, deydi mehmonxona xodimlari.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask sayyoradagi eng boy odam bo‘lib, uning boyligi 169,8 milliard dollarga baholangan. Barak Obama esa 2009-2017 yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatida AQSH terma jamoasi Eron, Uels va Angliya jamoalari bilan bir guruhda o‘ynaydi. Birinchi davrada amerikaliklar uyelsliklar bilan durang o‘ynashdi – 1:1. Unda Liberiya Prezidenti va 1995 yilgi “France football” nashrining “Oltin to‘p” mukofoti sohibi Jorj Veaning o‘g‘li Timoti Vea uyelsliklar darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing