Ilon Mask Twitter’ni sotib olish uchun SpaceX aksiyalarini sotishi mumkin 

Olam

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish bo‘yicha kelishuvni moliyalashtirish uchun o‘zi asos solgan SpaceX kompaniyasi aksiyalarini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The New York Post” manbalarga tayanib xabar bergan.

Joriy yilning aprel oyi oxirida Mask Twitter tarmog‘ini 44 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ta’kidlanishicha, Mask 44 milliard dollarni juda katta miqdor deb hisoblaydi, u shartnomani moliyalashtirish uchun SpaceX aksiyalarini sotishi mumkin. 

Qayd etilishicha, kompaniya bugun, 17 may kuni aksiyalarini 70 dollardan sotishni boshlash niyatida. 

2021 yil avgust oyi holatiga ko‘ra, milliarder SpaceX’dagi 44 foiz ulushga egalik qilgan. 

Manbalarga ko‘ra, milliarder 2028 yilga borib Twitter’ning yillik daromadini 26,4 milliard dollargacha oshirish niyatida. Bundan tashqari, tadbirkor 2028 yilga borib Twitter foydalanuvchilari soni 931 millionga yetishini kutmoqda. 

Avvalroq, Mask kompaniyani sotib olish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing