Ilon Mask Twitter’ni sotib oldi
Texnologiya
−
26 aprel 2022
11738Kecha, 25 aprel kuni Twitter rahbarlari Ilon Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik taklifini qabul qilganini e’lon qildi.
Twitter bayonotiga ko‘ra, kompaniya aksiyadorlari o‘zlariga tegishli har bir oddiy aksiya uchun 54,20 dollar oladi. Ishbilarmon Twitter’ning 9 foiz aksiyasini sotib olganini e’lon qilgan 1 apreldagi savdolar yakunida ustama aksiya narxining 38 foizini tashkil etgandi.
Shunday qilib, bitim yakuniy yakunlangach, Twitter xususiy kompaniyaga aylanadi.
Biznes-magnat Ilon Mask 4 aprel kuni Twitter’ning 9,2 foiz ulushini qo‘lga kiritganini va ijtimoiy media platformalarining eng yirik investoriga aylanganini e’lon qilgandi.
Mask elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla rahbari va SpaceX aerokosmik kompaniyasi asoschisi hisoblanadi.
LiveBarchasi