Ilon Mask Tesla'ning qariyb 7 mlrdlik aksiyalarini sotdi

Olam

image

Tesla rahbari Ilon Mask kompaniyaning 7,9 million aksiyasini 6,88 milliard dollarga sotdi. AQSH qimmatli qog‘ozlar komissiyasi (SEC) hujjatlari shundan darak bermoqda.

Ushbu hujjatlarga ko‘ra, sotuvlar joriy yilning 5 kuni Tesla aksiyalari narxi 6,6 foizga tushganda, shuningdek 8 avgust kuni ular o‘rtacha 0,8 foizga ko‘tarilgan va 9 avgust kuni yana 2,4 foizga tushganda sodir bo‘lgan.

Avvalroq, Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish to‘g‘risida kelishuvga erishgandan so‘ng Tesla aksiyalarini 4 milliard dollarga sotgan va kelajakda avtomobil kompaniyasining aksiyalarini sotmasligini e’lon qilgan edi. Xaridni bir qismini moliyalashtirish uchun unga alohida pul kerak edi.

Aprel oyida Mask Twitter uchun 44 milliard dollar taklif qildi, ammo shundan so‘ng, u kompaniyaning ma’lumotlarini, shu jumladan spam yuborish uchun ishlatiladigan soxta hisoblar soni 5 foizdan oshmasligini tekshirishni talab qildi. Keyinchalik Mask Twitter’ga ijtimoiy tarmoqni sotib olishdan bosh tortganligi to‘g‘risida xabar berdi va buni shartnomani bekor qilish huquqini amalga oshirish bilan izohladi. 

Maskning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq soxta hisoblar sonini kamaytirgan va kerakli ma’lumotlarni taqdim etmagan. Ijtimoiy tarmoq Delaver sudiga biznesmenga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

Iyul oyi oxirida ijtimoiy tarmog‘i aksiyadorlari 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan favqulodda yig‘ilishda aprel oyida erishilgan kelishuvga binoan Twitter Maskka sotish bo‘yicha ovoz berishlarini e’lon qildi.

Amerikaning Tesla Motors kompaniyasi 2003 yilda elektr transport vositalari va ular bilan bog‘liq texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi sifatida tashkil etilgan. Elektr transport vositalaridan tashqari, kompaniya o‘z texnologiyasidan foydalangan holda batareyalar va elektr motorlarini ishlab chiqaradi va boshqa avtomobil kompaniyalariga, xususan Toyota va Daimler kompaniyalariga sotadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing