Ilon Mask maymun miyasiga chip joylashtirib, unga “Ping Pong” o‘ynatdi

Bu qiziq

Ilon Maskga tegishli bo‘lgan “Neuralink” startapining mutaxassislari o‘z loyihalari muvaffaqiyatini birinchi marta aniq namoyish etishdi. Bu haqda “Kommersant’” gazetasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya maymun miyasiga chip joylashtirgandan so‘ng, u qanday imkoniyatlarni qo‘lga kiritganini namoyish etuvchi qisqa videoni e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, aslini olganda  ishlab chiquvchilarning asosiy maqsadi – bu miyaga joylashtiriladigan, nogironligi bo‘lgan odamlarga elektron qurilmalardan foydalanishga imkon beradigan mini-chipni yaratish.

Tajribaga kelsak, Peyjer ismli maymun joystik yordamida displeydagi kvadratlardan keyin kursorni harakatga keltirishni uddalagan. Uning "mashaqqatli mehnati" uchun mukofot sifatida bananli kokteyl berilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu oddiy jarayonda uning miyasidagi asabiy ma’lumotlar kompyuterga simsiz tarmoq orqali uzatilgan. Olingan ma’lumotlar keyinchalik asab faoliyatining takrorlanadigan ketma-ketligi va maymun tomonidan bajariladigan harakatlar o‘rtasidagi munosabatni simulyatsiya qiluvchi dekodlash algoritmi bilan ishlangan.

Xabarga ko‘ra, chipning dekoder algoritmi to‘liq sozlangandan so‘ng, “Neuralink ” mutaxassislari joystikni o‘chirib, maymunga “Ping Pong” o‘yinini qo‘yib berganlar. Manipulyator uzilib qolganiga qaramay, maymun to‘pni o‘tkazib yubormagan, chunki u ongsiz ravishda fikr kuchi orqali kursorni boshqargan.

Video e’lon qilingandan so‘ng, Ilon Mask muvaffaqiyatidan ilhomlanib, o‘zining Twitter  sahifasida “Neuralink ” kompaniyasi falaj bo‘lgan odamlarning miyasiga chip o‘rnatilishi, bu esa ularga barmoqlarini ishlatishdan ham tezroq, fikr kuchi bilan smartfonlardan foydalanishga yordam berishini aytdi. Janob Mask chipning istiqboldagi mukammal talqinlari falajlikka chalingan bemorlarning yana oyoqqa turishi va yurib ketishiga yordam beradi, deb hisoblamoqda.

Ta’kidlash joizki, kompaniya haqiqatan ham ajoyib natijaga erishdi. Chunki, o‘tgan yili "Neuralink " faqat chip joylashtirilgan cho‘chqalarning miya faoliyatidagi o‘zgarishlarni qayd etishi mumkin edi. Endi esa, kompaniyaning ko‘plab urinishlaridan keyin miyasiga chip o‘rnatilingan maymun “Ping Pong ” o‘ynashni uddalayapti.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing