Ilon Mask Baydenni “ho‘l paypoqli qo‘g‘irchoq” deb atadi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor, elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask AQSH Prezidenti Jo Baydenni “ho‘l paypoqli qo‘g‘irchoq” deb atadi. Bu haqda u Twitter'da yozib qoldirgan

Qayd etilishicha, Bayden o‘z tvitida Amerikaning General Motors va Ford kabi kompaniyalari boshqa hech bir davlatda emas, balki AQSHda ko‘proq elektromobil ishlab chiqarayotgani haqida yozib qoldirgan. Biroq elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri Tesla eslab o‘tilmagan. 

Bunga javoban Ilon Mask Baydenni tanqid qilgan. 

"Bayden Amerika jamoatchiligini ahmoqlar sifatida ko‘rmoqda”, deb yozgan Mask foydalanuvchilardan birining  izohiga javoban. 

Shuningdek Mask: "Bayden - odam qiyofasidagi ho‘l paypoqli qo‘g‘irchoq", deya qo‘shimcha qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Mask avval ham Baydenni tanqid qilgan. O‘tgan yilning dekabr oyi boshida Tesla AQSH Prezidentining elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari qurilishi uchun davlat subsidiyalari to‘lashni nazarda tutuvchi “Build Back Better Plan” rejasini rad etish kerakligini aytdi.

Maskning aytishicha, mamlakat hukumati bozor faoliyatiga aralashmasligi kerak, bu esa katta byudjet taqchilligiga ishora qiladi. 

O‘tgan yili avgust oyida Bayden eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashdi, biroq Tesla vakili uchrashuvda ishtirok etmadi. 

“Tesla taklif qilinmagani g‘alati ko‘rinadi", deb izoh bergan edi Mask.

2021 yil davomida Tesla zavodlarida 930 mingdan ortiq elektromobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, kompaniya o‘sha davrda 936 mingdan ortiq elektromobil sotdi, bu rekord ko‘rsatkichlar bo‘ldi. 2020 yilga nisbatan sotish hajmi o‘sishi 87,4 foizni, ishlab chiqarish hajmi 82,5 foizni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing