Ilk kosmik mehmonxona qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

"Orbital Assembly" kompaniyasi Yerning past orbitasida joylashgan birinchi kosmik mehmonxonaning ochilish vaqtini e’lon qildi. Bu haqda CNN xabar bergan. 

E’longa ko‘ra, Voyager stansiyasining qurilishi 2025 yilda boshlanadi. Loyihani 2027 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. 

Mehmonxonada umumiy sig‘imi 400 kishiga yetadigan kapsulalar joylashtirilishi kutilmoqda. 

Shuningdek, bekatga Yerdagi kabi barlar, restoranlar, spa-markaz, kinoteatr va boshqa ko‘ngilochar joylar quriladi. 

Loyiha qiymati va xonalari haqida ma’lumot berilmagan. 

Bundan tashqari, "Orbital Assembly" mamlakatlar Hukumatlari yoki orbitada villa sotib olmoqchi bo‘lganlar uchun ba’zi modullarni sotuvga qo‘yishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

kosmik mehmonxona

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar