Ilk bor robot-jarroh o‘pkani ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini amalga oshirdi
Texnologiya
−
19 aprel 2023
4780Ispaniyaning Barselona shahridagi Vall d'Hebron shifoxonasida 65 yoshli bemorga robot-jarroh tomonidan o‘pka ko‘chirib o‘tkazildi. Bu haqda “Dev.by” nashri xabar berdi.
Operatsiya chog‘ida yangi usul qo‘llanilgan. Ya’ni shikastlangan o‘pka ko‘krak qafasini ochmasdan, bemorning to‘sh suyagi ostidagi kichik kesma orqali olib tashlanib, o‘rniga yangisi o‘rnatilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, faqat kichik kesma hosil qilish jarayoni shifokor qo‘li bilan bajarilgan. Qolgan barcha yumushlar Da Vinchi nomli robotning “to‘rtta mohir qo‘li” yordamida amalga oshirilgan.
Bemor operatsiya davomida og‘riqni deyarli sezmaganini aytgan. Bundan tashqari, shifokorlar tiklanish jarayoni ancha tez bo‘lishini ta’kidlamoqda.
“Ushbu yangi jarrohlik texnologiyasi nisbatan xavfsiz va kaminvaziv bo‘lib, kelgusida minglab bemorlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi”, deb xulosa qilmoqda mutaxassislar.
LiveBarchasi