Ilk bor xalqaro darajadagi darsliklar chop etiladigan bo‘ldi – Shermatov 

Jamiyat

image

Kembridj universitetining 45 nomdagi o‘quv adabiyot va qo‘llanmalari mutaxassislar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” lavhasida xabar berildi. 

Ta’kidlanishicha, “Cambridge University Press”ning 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan Ingliz tili o‘quv majmualari va 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan Informatika darsliklari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu majmuada alohida o‘qituvchi, o‘quvchi kitoblari va mashq daftarlari ham bor. 

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning yozishicha, Amazon kabi internet do‘konlaridan 1 donadan o‘quvchi kitobi va mashq daftari birgalikda 30-60 dollar atrofida, o‘qituvchi kitobi esa 50-100 dollar atrofida turadi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu darsliklar keyingi o‘quv yilidan amaliyotga tatbiq etiladi. “O‘zbekiston barkamollik uchun” loyihasi doirasida olib kelingan xalqaro darajadagi darsliklar AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning 10 million dollar miqdoridagi granti hisobiga amalga oshirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing