Il-112V samolyoti Moskva yaqinida qulab tushdi (video)

Olam

image

Rossiyaning Il-112V samolyoti Kubinkadagi o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Aniqlanishicha, samolyot Moskva viloyati Kubinka aerodromiga qo‘nayotganida past tezlikda harakatlangani sabab dvigatel ishlamay qolgan. Oqibatda u yerga qulagan va portlagan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lgan 3 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan. Qayd etilishicha, qurbonlar orasida Rossiya Qahramoni, xizmat ko‘rsatgan sinov uchuvchisi Nikolay Kuimov ham bo‘lgan.  

Ma’lumot o‘rnida, Il-112V samolyoti “Voronej” aviatsiya zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avlod rus yengil transport samolyoti hisoblanadi. Maksimal og‘irligi besh tonnagacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar, qurol -yarog‘, yengil texnika va boshqa yuklarni tashishga mo‘ljallangan. Birinchi parvoz 2019 yilda amalga oshirilgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

382

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing