Ikkita “gaz zapravka” 100 ming xonadonga yetadigan tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi
3-sahifa
−
23 noyabr 2021 12525 1 daqiqa
Toshkent viloyatidagi ikkita avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari qariyb 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi. Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, AGTKSHlar tomonidan o‘g‘irlangan gaz 100 ming xonadonni bir kun davomida gaz bilan ta’minlashga yetarli bo‘lardi.
Qayd etilishicha, vazirlik shtabi tomonidan Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “SHIRINA PETROL” MCHJ va Toshkent tumanida joylashgan “CLEAN GAS SERVICE” MCHJga qarashli AGTKSHlarda tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda 2 ta tadbirkor tomonidan 1 mln 635 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuiy foydalanilgani aniqlangan.
Xususan, “SHIRINA PETROL” MCHJ tomonidan elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatish imkoni bo‘lgani va o‘tkazilgan tajriba davomida konfiguratsiya sozlamasi texnologik yo‘riqnomalar talabiga mos emasligi sababli qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 1 mlrd 274 mln 700 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, “CLEAN GAS SERVICE” MCHJ tomonidan shartnoma hujjatlaridan tashqari 1 dona kompressor uskuna ortiqcha o‘rnatilgani sababli amalga oshirilgan qayta hisob-kitob natijasida 360,5 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘tkazilgan tekshirish hujjatlar qonun doirasida chora kurilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi