Ikki viloyatning tergovchilariga yangi rahbarlar tayinlandi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Toshkent hamda Namangan viloyatlari IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘iga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, polkovnik Ramazon Axmatxo‘jayevich Ashropov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Ramazon Ashropov bunga qadar Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 

Shunindek, podpolkovnik Elyorbek Ulug‘bekovich G‘aniyev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Elyorbek G‘aniyev bunga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

511

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing