Ikki viloyatning soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan ikki viloyat soliq boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan. U tayinlovga qadar Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 

"Elyor Tolliyev 1983 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 2004 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan", deyiladi xabarda.

Sirojiddin Eshmatov esa Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. U Samarqandga tayinlanguniga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Sirojiddin Eshmatov 1971 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. U 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston soliq boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing