Ikki va undan ortiq farzandi kontraktda o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim krediti beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga ta’lim kreditlari bo‘yicha bank foizlari kredit ajratilgandan so‘ng keyingi oyning 1 sanasidan boshlab oyma-oy hamda asosiy qarzlarni to‘lash talaba tomonidan oliy ta’lim muassasasida ta’limning ushbu turi uchun rasmiy belgilangan muddati tugallangandan so‘ng, ayrim kurslarda takroran o‘qish muddati hisobga olinmasdan, uch oy o‘tgandan keyin boshlanadi.

Talaba muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan davrda ta’lim kreditlari uchun bank foizi stavkalari hisoblanmaydi.

Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 15 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

558

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing