Universitet o‘qituvchilari pora bilan qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
24 avgust 2020
12680Andijon va Urganchda universitet o‘qituvchlari abituriyentlarni ishonchiga kirib, ularni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora olgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh Prokuratura xabar berdi.
Aniqlanishicha, Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi A.X. OTM qabul jarayonlaridan foydalanib firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida O.A.ning ishonchiga kirgan. U abituriyentni universitetning "Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport" yo‘nalishiga yuqori lavozimdagi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Bu xizmati evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Xorazm viloyatining Urganch shahrida ham shunday holat qayd etildi. Ma’lum bo‘lishicha, Sh.K. ikki nafar abituriyentni Urganch davlat universiteti, "Jismoniy tarbiya va tasviriy san’at" yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3-bosqich talabasi M.A. orqali 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi