Ikki nafar o‘zbekistonlik Qirg‘izistondagi otishmada ishtirok etdi – OAV

Olam

image

Joriy yilning 7 avgust kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida ikki o‘zbekistonlik ishtirokida otishma sodir bo‘lgan. Bu haqda oradan bir hafta o‘tib, “Akipress” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Range Rover” avtomobilida kelgan erkak noma’lum to‘pponchadan o‘q uzgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Hodisa oqibatida bir nafar fuqaro o‘q tegib, vafot etgan. 

Ayni vaqtda Bishkek shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 37-122-moddasi (qotillikka suiqasd) bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumonlanuvchilarni qidirmoqda. 

Qidiruvga berilganlar: 

•  Nikolay Nikolayevich Stepanov (1999 yilda tug‘ilgan), Bishkek shahridan; 
•  Lev Viktorovich Stepanov (1994 yilda tug‘ilgan), o‘zbekistonlik; 
•  Gennadiy Gennadiyevich Qalandarov (1993 yilda tug‘ilgan), o‘zbekistonlik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

686

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing