Ikki mahkum o‘rtasidagi janjal birining o‘limi bilan tugadi

3-sahifa

image

Samarqanddagi manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar o‘rtasida janjal chiqib, oqibatda ulardan biri vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, kecha, 6 dekabr kuni soat 18:20 larda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 37-son manzil-koloniyasiga qarashli dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan yer maydonida mazkur muassasada jazo muddatini o‘tayotgan bog‘dorchilik ishlariga jalb qilingan mahkum B.Q. va U.E. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. 

O‘zaro janjallashish oqibatida B.Q. mahkum U.E. ga tan jarohatlari yetkazgan va mahkum U.E. olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda mazkur holat prokuratura organlari nazoratiga olingan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

387

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing