Ikki davlat Prezidentlari Toshkentdagi birinchi “Bigvil” qurilishiga start berdilar

Biznes

image

"Murad Buildings" va Qozog‘istonning "BI Group" kompaniyasining Toshkentdagi navbatdagi yangi qo‘shma loyiha – yangi turar joy dahasi qurilishi boshlandi. Loyiha taqdimot marosimi bir biriga qardosh davlatlar prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayevning uchrashuvi munosabati hamda qo‘shma ob’ektlarning ishga tushirilishi munosabati bilan o‘tkazildi.

Marosimda "BI Group" xoldingi rahbari Aydin Rahimboyev 500 million dollar sarmoya kiritiladigan loyiha haqida gapirdi. Mazkur loyiha 1,5 million kvadrat metrdan ortiq ijtimoiy, tijorat va turar joy infratuzilmasini qurilishini o‘z ichiga olgan. Qo‘shni davlatlar prezidentlari qurilishni boshlashga rozilik bildirishdi.

"Bigvil" Chirchiq daryosi bo‘ylab barpo etiladi. Turar joy dahasi hududida bosh rejaga muvofiq shahar bog‘lari va xiyobonlar, yo‘llar, ijtimoiy infratuzilma (maktab, bolalar bog‘chalari, poliklinikalar, teatrlar, savdo majmualari, ma’muriy binolar), shuningdek, daryo bo‘ylab obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

"Bigvil" loyihasi MDH mamlakatlari orasida "shahar ichidagi shahar" turidagi yangi va katta konsepsiyasi bo‘lib, unda turar joy majmualaridan tashqari shinam va farovon hayot uchun zarur bo‘lgan hamma qulayliklar barpo etiladi: tibbiyot, ta’lim, sport inshootlari, savdo maydonchalari va bog‘lar, qulay kirish yo‘llari.

Aydin Rahimboyev, "BI Group" xoldingi rahbari:

— Mutaxassislarning bashoratlariga ko‘ra, O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biriga aylanishi mumkin. “Murad Buildings” kompaniyasining ilg‘or g‘oyalari va “BI Group”ning yirik loyihalarda ortirgan boy tajribasidan foydalangan holda, biz birgalikda ushbu yangi dahada yashovchilar uchun, shuningdek, Toshkent shahri aholisiga qulay yashash uchun barcha sharoitlarni yaratmoqchimiz.

Sharof Rahmonov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i:

— O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yaqin sheriklik munosabatlari o‘rnatilgan. Amaldagi va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshishida ko‘p jihatdan muhtaram prezidentlarimizning sharofati bilan bo‘lib, shu kabi yangidan yangi inshootlarning barpo etilishiga xizmat qilmoqda. Chirchiq daryosi bo‘yidagi loyiha Toshkent shahri uchun muhim va ahamiyatlidir. Biz uni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz. Uning sharofati bilan infratuzilma, ijtimoiy ahamiyatga molik ob’ektlar yanada rivojlanib, fuqarolarning yashashi uchun qulay va shinam muhit yaratiladi. Hokimlik vakili sifatida uni targ‘ib qilishda va har tomonlama yordam berishga tayyor ekanligimizni tasdiqlayman.

Murod Nazarov, "Murad Buildings" asoschisi va rahbari:

— Ushbu keng ko‘lamli loyihani amalga oshirishda bizga bildirilgan ishonch uchun bir-biriga do‘st bo‘lgan mamlakatlarimiz prezidentlariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. "Murad Buildings" va "BI Group" kompaniyalari turar joy va ijtimoiy ob’ektlar qurishda boy tajriba va bilimga ega. Ishonchim komilki, loyiha nihoyasiga yetgach, "Bigvil" poytaxtning yangi diqqatga sazovor joyi va fuqarolarning sevimli go‘shasiga aylanadi, chunki bu loyiha qulay yashash va baxtli hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsani o‘zida mujassamlashtiradi.

Ko‘p asrlik an’analar, hurmat va o‘zaro yordam madaniyati saqlanib qolgan mahallalar turar joy dahasi uchun ilhom manbai bo‘ldi. Bu noyob ijtimoiy fenomen dunyoda katta qiziqish uyg‘otmoqda va YUNESKOning Jahon madaniy merosining dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan. Bu yerda chinorlar bilan qoplangan shaharning soyali tor savdo ko‘chalari tabiat bilan uyg‘unlashib, o‘ziga xos shahar zanjirini hosil qiladi.

Loyiha o‘z ichiga osma bog‘lar, PlayHub yoki jamoat uyin va sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi. Landshaft an’anaviy kashtachilik turlaridan biri — so‘zana timsolidi bo‘lishi rejalashtirilgan.

Loyiha joylashgan joyi ko‘llarga boy golf klubi, "Yangi O‘zbekiston" bog‘i va rejalashtirilgan Olimpiya qishlog‘i yonidagi faol rivojlanayotgan hudud hisoblanadi.

O‘zbekiston poytaxtidagi birinchi "Bigvil"da 20 ming xonadon taqdim etiladi. Quruvchilar energiya samaradorligi, innovatsion yondashuv va raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratishadi.

Qurilish jarayonida binolarning haddan tashqari qizib ketishini oldini olish, yozgi jaziramada salqinlikni ta’minlash uchun yashil maydonli kichik suv inshootlari, piyodalar yo‘llarini soyalar bilan tahminlash usullari qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ilg‘or kompaniyalaridan biri "Murad Buildings" va Qozog‘istonning "BI Group" innovatsion qurilish xoldingi birgalikda uch yildan buyon NRG nomi ostida Toshkent shahrida turar joy majmualarini qurib kelmoqda.

Ayni paytda NRG kompaniyasi U-TOWER va NRG Park loyihalarini amalga oshirmoqda.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

255

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing