Ikki asrlik lotereyaning bu yilgi jekpoti qancha?

Bu qiziq

image

Kecha, 22 dekabr kuni Ispaniyada “El Gordo” yangi yil lotereyasi o‘ynaldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, ispanlar “El Gordo” yangi yil lotereyasida 1812 yildan beri ishtirok etib keladi. An’anaga ko‘ra, bu yilgi tadbir Madriddagi Qirollik teatri zalida bo‘lib o‘tgan va butun mamlakat bo‘ylab namoyish etilgan.

Lotoreyada bu yilgi raqamlarning eng omadli kombinatsiyasi 5,4,9,0 ni tashkil qilgan. Ushbu raqamli chipta egasi 4 million yevrolik bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ikkinchi mukofot 1,25 million yevroni tashkil etib, 4074 raqamli chipta egasiga nasib etgan.

“Bu juda hayajonli edi. Avvaliga nima bo‘lganini tushunmadim. Men yuqori qavatda ishlayotgandim, to‘satdan hamkasblarimning qichqirayotganini eshitdim”, deydi g‘olib chipta egasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yil Ispaniya aholisi lotereya chiptalariga avvalgi yilga qaraganda ko‘proq pul sarflagan. Ya’ni ispanlar bu yil lotereya uchun 66 yevrodan ko‘proq pul tikkan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

683

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing