Ixtisoslashtirilgan bog‘chalarda sog‘lom bolalar ko‘payib ketdi – MTV

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 391-son qarori ijrosi doirasida ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga aylantirildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ma’lumot berdi. 

Asqarxo‘jayeva ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tarbiyachilarning qay tartibda ishga olinishi haqida gapirdi:

“Bu yerda ishchi komissiya nuqsoni bor bolalar bilan ishlay oladigan, layoqatli tarbiyachilarni qabul qiladi. Aytib o‘tish kerakki, hududlar kesimida ko‘p ixtisoslashtirilgan  MTTlar yopilib ketyapti. Lekin ularning o‘rniga ko‘p tarmoqli MTTlar ochilganidan keyin ishsiz qolayotgan logoped defektologlar uchun pedagogik punktlar ochilyapti va o‘sha punktlarda gapirishida nuqsoni bor bolalar bepul muolaja olishlari mumkin. 

Yillar davomida IMTTda ko‘proq sog‘lom bolalar tarbiyalanib kelgan. Va buni bemalol foiz hisobida aytishimiz mumkinki, ular Respublika kesimida 40 foizdan 70 foizgacha bo‘lgan bolalar edi. Shu yildan Maktabgacha ta’lim vazirligi sog‘lom bolalar sonini ko‘paytirish uchun nuqsoni bor bolalarning haqiqiylarini ko‘p tarmoqli MTTlarga yo‘naltirish tizimi joriy qilingan”.

Shuningdek, Mavluda Asqarxo‘jayeva ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarilarida sog‘lom bolalarning ham tarbiyalanayotgani, ularning soni ko‘payib borayotganini ta’kidladi.

“Chunki bu masala ilgari monitoring qilinmagan. Hujjatlar olib kelingan va bolalar bog‘chalarga joyashtirilgan. Hozir esa unday hujjatlar o‘tmaydi. Ishchi komissiya tuzilgan. Ularning xulosasiga ko‘ra, bola ko‘p tarmoqliga o‘tkazilyapti. Chunki u yerda maxsus muolajalar, ko‘rikdan o‘tkazuvchi tibbiyot xizmatlari ko‘rsatilar edi. Va ularning ovqatlanish tizimi ham alohida tashkil qilingan edi. Shuning uchun ko‘p sog‘lom bolalar shu muhitga  to‘g‘ri kelib qolgan. Buning natijasida Respublika kesimida nosog‘lom bolalarning soni ham ko‘payib ketgan. Mana hozir bu yerda bir ota- onaning farzandi sog‘lom deb berildi. Endi uning bolasi umumiy turdagi MTTga o‘tkaziladi”, deydi Asqarxo‘jayeva.

Maktabgacha ta’lim vazirligi Matbuot kotibi ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati va u yerda jismoniy yoki psixik rivojlanishida og‘ir nuqsonlari mavjud bo‘lmagan tarbiyalanuvchilarning soni keskin kamayganini aytdi.

“Asosiy maqsad ko‘p tarmoqli ITTMda nuqsoni bor bolalarni keyinchalik makabga tayyor qilib chiqarish. Chunki ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli MTTda har tomonlama muolajalar o‘tkaziladi. Bilasizmi, bitta bolada bitta nuqson bo‘lmaydi, bir nechta nuqson bo‘ladi. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyani faoliyatini takomillashtirish, tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatmalarga asosan, bolalarni joylashtirilishini stabil mexanizmlari qonuniy belgilab berildi, nuqsonlarni tashxislash jarayoni yaxshilandi hamda IMTTlarda jismoniy yoki psixik rivojlanishida og‘ir nuqsonlari mavjud bo‘lmagan tarbiyalanuvchilarning soni keskin kamaydi”, deya ta’kidladi Axborot xizmati rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing