Ixtisoslashgan maktablarga qabul imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan  davlat umumta’lim muassasalarining 5- va 7-sinflariga qabul imtihonlari joriy yilning 29-30 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazining qo‘shma qarori imzolandi.

Qayd etilishicha, imtihonlar ochiq katta pavilon (xiyobon, maydon)larda karantin qoidalariga rioya etgan holda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. 

Har bir fan yo‘nalishida jami 30 tadan test savollari beriladi va 60 daqiqa vaqt ajratiladi. Shuningdek, test sinovlari boshlanguniga qadar qo‘shimcha 20 daqiqa vaqt tushuntirish uchun ajratiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi saralash tanlovlarida 106 mingdan ortiq talabgorlar ishtirok etadi va tanlov natijalariga ko‘ra 34050 nafar iqtidorli o‘quvchilar ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing