Iqtisodiyot tarmoqlarida “staj”i borlar o‘qishga imtihonsiz qabul qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar 2021/2022 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining (OTM) sirtqi va kechki ta’lim shakliga qabul qilinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan 71 ta vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlangan.

Bundan tashqari, vazirlik yana quyidagilarni qayd etgan:

•  vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021/2022 o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

•  vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

•  suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

412

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing