Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotgalar suhbat asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati har yili 1 iyulgacha tasdiqlanib, OAVda e’lon qilinadi.

Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari har bir o‘quv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin. 

Tegishli tavsiyanomaga ega fuqarolar har yili 20 iyuldan 10 avgustgacha Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Suhbat jarayoni har yili 20 avgustdan 30 avgustgacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

Natijalarga ko‘ra 100 ballik baholash mezonida 55 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar OTM rektori (direktori) buyrug‘i bilan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.  

Tavsiyanomalar faqatgina berilgan o‘quv yili uchun amal qiladi. 

Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur tartib 2022 yil 1 maydan kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing