Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari aniq bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 12 oktyabr kuni iqtisodiyot bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti sohiblari aniq bo‘ldi. 

Amerikaliklar Pol Milgrom va Robert Uilson kimoshdi savdosi nazariyasini ishlab chiqqani uchun iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

G‘oliblarning nomlari Stokgolmdagi Nobel qo‘mitasi marosimida e’lon qilindi. 

Ushbu soha bo‘yicha 2019 yilgi mukofot iqtisodchilar Abhijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremerga "global qashshoqlikni yengillashtirish bo‘yicha eksperimental yondashuvlari uchun" berilgan.

2018 yilda esa Uilyam Nordxaus va Pol Romer mukofotga munosib ko‘rilgan. Ularga iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti innovatsiyalar, iqlim va iqtisodiyot sohalaridagi tadqiqot uchun berilgan.

Ma’lumot uchun, Shvetsiya va Norvegiyada 5 oktyabr kuni Nobel haftaligi boshlangandi.

Nobel haftaligi iqtisodiyot bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti sohiblari aniqlangandan so‘ng o‘z nihoyasiga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

nobel' stokgol'm

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar