Iqtisodiy masala – ilk debatlarning bosh mavzusi

Biznes

image

Prezidentlik saylovi jarayonida bo‘lib o‘tayotgan turli tadbirlar, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari qatorida televideniye orqali namoyish etilgan debatlarni ham kuzatdim va bu borada quyidagi fikrlarni bildirish joizdir.

Debatlarda dastlab so‘z olgan, Ekologik partiyasi nomzodi vakilining chiqishini partiya ilk marotaba prezidentlik saylovlarida ishtirok etayotganligini ma’lum qildi.

Bu borada, ta’kidlash joiz mintaqamizda bir yilda 2200000 tonna zaharli gazlar atmosferaga tarqaladi. Buni oldini olish mumkinmi? Albatta mumkin. Asosiy masalalardan biri yashil moliyalashtirishni joriy etish hamda hudud va tarmoqlarning yashil iqtisodiyotga o‘tish indeksi targ‘ib qilinmoqda.

Atmosferaga tarqalayotgan gazlar va chiqindilarning katta qismi sog‘ligimizga katta xavf solmoqda. Shuning uchun Ekopartiya nomzodi energetika sohasini isloh qilish lozimligini bong urib aytmoqda. Energetika sohasini isloh qilishda esa asosiy drayver sifatida ilm-fan va innovatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urg‘u qaratilmoqda.

Asosiy masalalardan biri, bugun mamlakatimiz bo‘ylab 6500 ta chang va turli gazlarni tozalash uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, afsuski shularning 60% bugungi kunga kelib yaroqsiz holga kelgan. Bu sohani rivojlantirish uchun Ekopartiya nomzodi quyidagilarni ilgari suradi.

Sohaga yashil tariflarni kiritish lozim. Umumiy energetika balansida qayta tiklanadigan va muqobil energiya resurslarini 40% ga chiqarish, shuningdek qurilish sohasida energiya tejamkor texnologiyalarni, yashil texnologiyalarni joriy qilish kerak.

Shuningdek, ekoqishloq va ekohudud  qurish tizimiga o‘tish kerak. Nomzod dasturida ekomahalla, ekooila va ekofuqaro konsepsiyasi ilgari surilmoqda.

Xalq demokratik partiyasi Prezident saylovlarida o‘zining ayol nomzodi bilan birinchi marta ishtirok etmoqda. Nomzod dasturida iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Biz 2030 yilga borib aholining eng quyi kambag‘al qatlamlarini kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyotda davlatning boshqaruvchanlik rolini oshirish, moliyaviy mexanizmlarni qo‘llagan holda aholining tabaqalanishini oldini olish jarayonlarini nazoratga olish degan pozitsiyadamiz.

Biz tadbirkorlar bilan yollanma ishchilar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarda aynan yollanma ishchilarning manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish tarafdorimiz.

Keyingi 5 yillikda davlatning asosiy vazifasi aholining bandligini ta’minlash va aholining daromadlari barqaror bo‘lishini ta’minlash, buning uchun hududlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda bir qator yirik dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda davlatning bosh-qosh bo‘lishi lozimligi ilgari surilmoqda.

O‘zLiDeP partiyasi nomzodining vakili O‘tgan 5 yil ichida ro‘y beragn yangilanishlardan eng muhimlaridan biri – bu ochiq dialog boshlanganligi ekanini ta’kidladi.

O‘zLiDeP nomzodining dasturidan joy olgan elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ta’lim sohasi – maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim va oliy ta’lim sifatni oshirish, hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida tibbiyot sohasiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek yillik yalpi mahsulot ishlab hajmini aholi jon boshiga 4000 ming dollarga yetkazish va daromadi o‘rtacha bo‘lgan davlatlar safiga kirish bo‘yicha takliflarni dolzarb takliflar sifatida qayd etib o‘tish joiz.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi iqtisodiyot har bir insonning hayotiga ta’sir qiluvchi soha ekanligini ta’kidlayb o‘tdi.

Birinchidan, partiya saylovoldi dasturida 2026 yilgacha soliq va kapital amnistiyasini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu borada soliq idoralari va tadbirkorlar o‘rtasida sog‘lom muloqotni yo‘lga qo‘yish lozim, deb hisoblaymiz. Bu davlat byudjetiga tushumlarni kamaytirishi mumkin, lekin uzoqli muddatda iqtisodiyotimizni qo‘llab-quvvatlashda foydali bo‘ladi, deb hisoblaymiz.

Ikkinchidvn, bugun ko‘plab fuqarolarimiz xorij davlatlarida yashab mehnat faoliyatini olib bormoqda. Xorijdagi fuqarolarimiz qo‘lida katta moliyaviy-iqtisodiy salohiyat bor, ular uylarda saqlanyapti yoki behuda sarflanyapti. Ularni bir joyga yig‘ish yoki bir moliyaviy fondga to‘plash ishlari amalga oshirilmayapti. Shu sababli biz xorijdagi fuqarolarimizni o‘z pullarini mamlakatimizga investitsiya qilishlariga chaqiramiz. Bunday kirib kelgan mablag‘larning manbasi surishtirilmaydi. Bu o‘z-o‘zidan iqtisodiyotimizga qo‘shimcha moliyaviy resurslar kirib kelishini ta’minlaydi. 

Uchinchidan, kommunal sohadagi xizmatlarni davlat tasarrufidan to‘liq chiqarish lozim. To‘g‘ri, bu kommunal sohadagi narxlarni biroz oshishiga olib keladi. Lekin, bu sohadagi resurslarni to‘g‘ri taqsimlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish aholiga xizmat ko‘rsatish va ta’minotni yaxshilashga xizmat qiladi. 

To‘rtinchidan, barcha imtiyoz va preferensiyalar qonun bilan qabul qilinishi tarafdorimiz. Iqtisodiyotimizning yorqin brendlarini, yetakchi kompaniyalarni dunyo bozorida qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘ramiz. 

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi saylovlarga Sizni o‘ylantirayotgan muammolarga aniq yechimlar, aniq mexanizmlar bilan kirib kelmoqda.

Partiya saylovoldi dasturida iqtisodiyotni rivojlantirishda yalpi daromadni oshirish va to‘g‘ri taqsimlashga e’tiborni qaratish, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun daromadlar deklaratsiyalarini kiritish, deklaratsiyalash prinsini katta-katta xarajatlarga ham qo‘llash, ishchi va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini kuchaytirgan holda xufyona iqtisodiyotda ishlayotganlarni ochiqqa o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor berilgan.

Ijtimoiy sohada insonni tug‘ilganidan boshlab maktabgacha ta’lim bilan, maktab bilan, oliy ta’lim bilan, ish bilan ta’minlash masalalari va kelajakda uni nafaqaga chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Prezident saylovlarida bo‘lib o‘tgan ilk debatlar yuzasidan xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu debatlar prezidentlik saylovlari uchun ilk marta bo‘lib o‘tganligi va chin ma’nodagi yangilik ekanligini ta’kidlash joiz. Ba’zi juz’iy kamchiliklarni inobatga olmasa, debatlarni qiziqarli bo‘lib o‘tganligini ta’kidlash joiz.
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing