Iqtisodchi-dasturchi “tez yordam” markazi direktori bo‘ldi

Jamiyat

image

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abduvoitjon Huseynovich G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

41 yoshli Abduvoit G‘afurov iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega. U o‘z faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijrochi va bosh direktor kabi rahbarlik lavozimlarida ish olib borgan. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 16 iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali tashkil qilingan edi. 

Abduvoit G‘afurov rahbar etib tayinlangan mazkur tuzilma sog‘liqni saqlash sohasida tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi sifatida faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan Behzod Musayevning ham mutxassisligi iqtisodchidir.


Maqola muallifi

Teglar

Abduvoit G'afurov

Baholaganlar

136

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar