Bugun, 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda tashkil etilgan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda. Prof boksda o‘zining 2-jangini o‘tkazayotgan Iqboljon Xoldorov Dimitriy Miliushani 1-raunddayoq nokautga uchratdi.
Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov (7-0-0) fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1) qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida birinchi, Isroil Madrimov esa 2-pog‘onani egallab turibdi. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da’vogarga aylanadi.
Shuningdek, oqshom doirasida Shahram G‘iyosov (11-0-0), Hasanboy Do‘smatov (3-0-0), Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1-1), Elnur Abduraimov (7-0-0) ringga ko‘tariladi.