IIVning yana bir departamentiga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
21 aprel 2021
5943O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan, Bahodir Yo‘ldoshevich Mirzarahimov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar Bahodir Mirzarahimov Ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq General-mayor Azizbek Ikromov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Shuningdek, polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi