IIVning “Topilmalar stoli” tugatilishi mumkin

Jamiyat

image

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi topilmalar stoli faoliyatini tugatish va yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish bo‘yicha funksiyalarni Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

2022 yil 1 martdan boshlab:

•    DXMlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda;
•    yo‘qotilgan ashyolarni qidirish bo‘yicha murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinadi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan ashyolarni jismoniy va yuridik shaxslardan qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi joriy etilib, u Ichki ishlar vazirligining “Buyum” axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing