IIV: Yoshlar orasida jinoyatchilik qariyb 40 foizga kamaygan

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2019 yilning birinchi choragida yuz bergan jinoyatlar 1 ming 963 tani tashkil etib, bu raqamlarni 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 39,5 foiz, ya’ni 1 ming 282 taga kamayganini ko‘rish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan xabar qilinmoqda. 
 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bergan rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yil birinchi choragida respublika bo‘ylab jami 414 bo‘sh ish o‘rni yarmarkasi tashkil etilgan. Ularda 31 ming 673 nafar yosh ishtirok etdi. Ulardan 8 mingga yaqini o‘zi qiziqish bildirgan sohalar bo‘yicha ishga joylashgan. Yana 9 mingga yaqini ishga joylashish uchun yo‘llanma olgan. 19,5 ming nafariga esa kerakli maslahatlar berilgan. Bu esa jinoyatchiliklar soni kamayishiga ijobiy turtki bo‘layotgani qayd etilmoqda. 
 
Ammo berilayotgan bunday imkoniyatlardan foydalanmay, mehnatsiz, ilm o‘rganish o‘rniga osongina obro‘-e’tibor, mo‘maygina daromadga ega bo‘lish istagida qonun bilan taqiqlangan harakatlarni sodir etayotgan yoshlar ham uchrayotgani, barchamizni birdek tashvishga solmoqda.
 
Misol uchun, 2019 yil 22 mart kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi 19 yoshli A.S., 20 yoshli akasi R.S., G‘alaba ko‘chasida yashovchi 21 yoshli S.E. va Bo‘stonliq tumani Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi 18 yoshli S.T.lar Chirchiq shahrining Alisher Navoiy ko‘chasida 18 yoshli fuqaro A.B.ning yuziga qo‘llari bilan urib, ichida netbuki, netbuk qurilmalari, fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasi hamda shimi cho‘ntagidan 100 ming so‘m puli va RedMi rusumli mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
 
A.B. jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilgandan so‘ng ko‘rilgan choralar natijasida talonchilik qilgan 4 nafar yosh qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

2

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing