IIV o‘z nomidan tarqatilgan xabarlarga raddiya berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar vazirligi nomidan xabar tarqaldi. Unda mamlakatda qiyin vaziyat ekani aytilib, fuqarolar ogohlikka chaqirilgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur xabarlar soxta ekani va vazirlikka hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

“Hurmatli yurtdoshlar. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi mazmundagi yolg‘on xabarlar keng tarqalmoqda.

Bu kabi xabarlar, fuqarolar orasida vahima va davlat organlariga ishonchsizlik uyg‘otish maqsadida o‘ylab topilayotgan bo‘xton hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan bu kabi masalalarga oid xabarlarni tarqatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi, shuningdek vazirlikning tarkibiy yoki hududiy tuzilmalarining rasmiy sahifalari hamda boshqa OAV orqali murojaat qilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik raddiyasida.


Maqola muallifi

Teglar

IIV raddiya

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing