IIV tizimida tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
21 fevral 2021 27415 1 daqiqa
Bositxon Abdirayimovich Qosimov Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar Bositxon Qosimov Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Hozirgi paytgacha, Uchqo‘rg‘on tumani IIBga podpolkovnik Dilshodbek Saydullayevich To‘rayev rahbarlik qilib kelayotgandi.
Shuningdek, Mahkam Mirjonovich Vafoyev Toshkent shahar Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Mahkam Vafoyev Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025