Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yakuniy imtihonlar bekor qilindi. Bu haqda mamlakat Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

"Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifani amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslari inobatga olinib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi", deydi vazir.

Xo‘sh, o‘quvchilarga baholar qanday asosda qo‘yiladi?

"Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi", deya qo‘shimcha qiladi  Shermatov.

Shu bilan birga, kundalik.com tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ta’lim muassasalari 2020 yilning 16 martidan karantinga yopilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

281

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing