IIV tizimda lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida qator lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Podpolkovnik Turdibayev Omirbay Keulimjayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Omirbay Turdibayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Nishanov Maxamadjon Sadikjonovich Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlaydigan bo‘ldi. Maxamadjon Nishanov bunga qadar Andijon viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan edi.

Buxoro viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan podpolkovnik Boltayev Jonibek Hamidovich viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Avazov Jo‘rabek Fayzullayevich Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshlaydi. U bugunga qadar Jizzax viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Podpolkovnik Yaxshiyev Umid Nosirovich Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Umid Yaxshiyev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing