“MEI” milliy tadqiqot universiteti” filiali ijrochi direktori tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15 sentyabrdagi qarori bilan Xojakbar Sultanovich Daliyev Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi. 

Xojakbar Daliyev bungacha O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti dekani lavozimi ishlagan. Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 

Daliyev 1958 yilda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining fizika fakultetini tamomlagan. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakat energetika tarmog‘i uchun malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xojakbar Daliev

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar