IIV sobiq deputatni qidiruvga berdi
Olam
−
15 iyun 2023
21578Rossiya Qurolli Kuchlaridan foydalanganligi haqidagi qasddan yolg‘on ma’lumotni ommaga tarqatish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan Moskva munitsipalitetining sobiq deputati Anastasiya Bryuxanova qidiruvga e’lon qilindi.
“Bryuxanova Anastasiya Andreyevna. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidirilmoqda”, deyiladi Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasi unga nisbatan ayblov e’lon qilingan moddani ko‘rsatmasdan.
Tergov qo‘mitasining Moskva shahar boshqarmasi joriy yilning aprel oyida Bryuxanovaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. U Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlaridan foydalanish to‘g‘risida qasddan yolg‘on ma’lumotni ommaviy ravishda tarqatish) jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Bryuxanova tegishli videoni YouTube’ga joylashtirgan.
Anastasiya Bryuxanona – "Yabloko" partiyasidan Moskvaning Shukino tumanidagi sobiq munitsipal deputat. 2021 yilda u Davlat Dumasiga nomzod qilib ko‘rsatilgan, ammo saylovda yutqazgan. U, shuningdek, blogerlar Maksim Kats va Ilya Varlamov (xorijiy agent sifatida tan olingan) bilan hamkorligi orqali tanilgan.
LiveBarchasi