IIV shafqatsiz qotillik aks etgan videoga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Kecha, 10 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt avtomobiliga o‘xshash mashina haydovchisi va yo‘lovchisi boshqa bir fuqaroni o‘qotar qurol bilan otib tashlab, keyin avtotransportda uning ustidan bir necha marotaba bosib o‘tib ketgani tasvirlangan videolavha tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida bu video bahs va munozaralarni keltirib chiqardi. Shu sababdan ushbu holatga Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlikning bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu videolavha O‘zbekistonda emas, balki Lotin Amerikasidagi davlatlardan birida sodir etilgan. Bu voqea O‘zbekistonda bo‘lgan deb tarqatilayotgan ma’lumot xaqiqatga mos kelmaydi.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan va ijtimoiy tarmoqda kanal yurituvchilardan tekshirilmagan va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishdan o‘zlarini tiyishlarini so‘rab qolgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing