G‘uzor tumani hokimi ishdan ketdi
Jamiyat
−
10 aprel 2020 20275 1 daqiqa
Bugun, 10 aprel kuni Xalq deputatlari G‘uzor tumani kengashi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Boboqulov o‘z arizasiga ko‘ra, egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sobiq hokim salomatligini tiklab olgach, tez orada safga qaytishini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Sa’dulla Boboqulovga 2019 yilning 11 noyabr kuni faoliyatidagi ayrim kamchiliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan xayfsan berilgan edi.
Ishdan bo‘shagan Sa’dulla Bozorov o‘rniga G‘uzor tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Yig‘ilishda viloyat sektor rahbarlari ishtirok etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025