IIV Murodboydan jabr ko‘rganlarga murojaat bilan chiqdi
Jamiyat
−
22 iyun 2019
5539O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan M.M. Yunusaliyev ta’sis etgan mas’uliyati cheklangan jamiyat mansabdorlaridan zarar ko‘rgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
“Hurmatli fuqarolar! Agar Siz, M.M.Yunusaliyev (xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan) tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ta’sis etilgan “ERKIN AVTO DILLER” MCHJ mansabdor shaxslaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan quyidagi manzillarda tashkil etilgan tergov guruhi shtablariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
1. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri “Ramadon” mahalla fuqarolari yig‘ini, Samarqand ko‘chasi 140-uyda joylashgan Yangiyo‘l texnologiya va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji, telefon: +99893-186-59-14;
2. Toshkent viloyati Chinoz tumani “Afg‘on” mahalla fuqarolari yig‘ini, Ibn Sino ko‘chasi 1-uyda joylashgan Chinoz qurilish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji, telefon: +99897-783-05-01;
3. Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Baxt shahri “Ishonch” mahallasi, Ulug‘ yo‘l ko‘chasi 130-uyda joylashgan Baxt yengil sanoat kasb-hunar kolleji, telefon: +99899-474-30-07;
4. Jizzax viloyati Forish tumani Bog‘don shaharchasi N.Malikov ko‘chasi 1-uyda joylashgan Forish tumani Ichki ishlar bo‘limi, telefon: +99872-452-12-02;
5. Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Do‘stlik shahri Do‘stlik ko‘chasi 17-uyda joylashgan Do‘stlik tumani Ichki ishlar bo‘limi, telefon: +99872-335-42-39;
6. Jizzax viloyati Jizzax shahri “Olmazor” mahallasi R.Isayev ko‘chasi 1-uyda joylashgan Jizzax shahar Ichki ishlar bo‘limi, telefon: +99872-226-76-22.
LiveBarchasi