IIV maktab-internatida autsorsing tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari ovqatlanish tizimini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida xabar berildi. 

Nizomga muvofiq, autsorserlar umumiy ovqatlanish sohasida kamida uch yil faoliyat ko‘rsatgan, autsorsing xizmati bo‘yicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larga ega bo‘lishi lozim.

izoh: autsorser – shartnoma asosida o‘quvchilarni ovqatlantirish xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.

Autsorsing xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma uch nusxada tuziladi. 

Autsorser tomonidan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari sertifikatlar bilan tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablariga javob berishi shart.

Oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellari ijara shartnomasi asosida “nol stavka” bo‘yicha autsorserga foydalanishga beriladi.


Ma’lumot o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil iyun oyidagi qarori bilan Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etilgan edi. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Autsorsing

Baholaganlar

56

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar