IIV qo‘lga olingan bloger bo‘yicha fikr bildirayotganlarni qattiq ogohlantirdi

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashab, blogerlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaro Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga taalluqli ma’lumotlar jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy murojaat bilan chiqdi.

Vazirlik Matbuot xizmatig ko‘ra, mazkur jinoyat ishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq rasmiy axborot berilganiga qaramasdan, mamlakat va xorijiy ijtimoiy tarmoqlarning faollari tomonidan turli mish-mishlarni tarqatish, davlat idoralarining vakolatlari va harakatlarini shubha ostiga qo‘yish, ularni obro‘sizlantirishga qaratilgan xabarlarni ko‘paytirish, masalaning mohiyatini tushunmasdan turib ommani chalg‘itish va boshqa qonunbuzarlik holatlari takrorlanib kelmoqda.

Bayonotda eslatilishicha, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq jamoatchilik nazorati sub’ektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g‘ayriqonuniy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonuni bilan tergov organlarining materiallarini e’lon qilish, muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib, uning natijalarini taxmin qilish yoxud sudga boshqacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish qat’iyan taqiqlangan.

Jinoyat protsessi ishtirokchisini qo‘lga olish bilan bog‘liq harakatlar esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunining 22-moddasi bilan tartibga solinadi.

Vazirlikka ko‘ra, jtimoiy tarmoqlarning faollari tomonidan jinoyat ishi bilan bog‘liq tekshirilmagan axborotni jamoatchilikka tarqatish orqali biror-bir maqsadga erishishga harakat qilish, tergov va sud organlarining faoliyatiga nisbatan sun’iy ravishda salbiy munosabat shakllantirish – tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, deb baholanadi va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Tergov va sud organlari o‘zining vakolat doirasidagi faoliyatini, jumladan muhokama etilayotgan holat yuzasidan, aybsizlik prezumpsiyasiga to‘la rioya etgan holda hamda jamoatchilik oldidagi majburiyatidan kelib chiqib olib boradi.

IIV Qonun ustuvorligi haqida bong urayotgan ijtimoiy tarmoq faollaridan mamlakat qonunchiligini hurmat qilishlarini talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

994

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing